Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sentyabrda 200dan ziyod bemor vafot etdi – SSV

Sentyabrda 200dan ziyod bemor vafot etdi – SSV

Sentyabr oyida yurtimizda koronavirus infeksiyasidan 154 nafar, pnevmoniyadan 58 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda SSV xabar berdi.

2021 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 174879 (+471) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 19 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 15 nafari Andijon viloyatida,
  • 10 nafari Buxoro viloyatida,
  • 9 nafari Jizzax viloyatida,
  • 6 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 5 nafari Navoiy viloyatida,
  • 15 nafari Namangan viloyatida,
  • 44 nafari Samarqand viloyatida,
  • 12 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 3 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 28 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 11 nafari Xorazm viloyatida,
  • 102 nafari Toshkent viloyatida,
  • 192 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 169866 (+495) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1245 nafarni tashkil qildi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring