Serbiyada yomon baho olgan o‘quvchi maktabda otishma uyushtirdi. O‘quvchilar halok bo‘lgan
3-may, chorshanba kuni 13 yoshli maktab o‘quvchisi Serbiya poytaxtidagi Vladislav Ribnikar maktabida otishma uyushtirib, 8 nafar bola va bir qo‘riqchini o‘ldirgani xabar qilinmoqda. Yana 6 nafar bola va bir o‘qituvchi tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan.
OAV xabarlariga ko‘ra, hodisa o‘smirning tarix darsida yomon baho olganidan keyin sodir bo‘lgan.
Politsiya otishma sodir etgan shaxsni maktab hovlisida qo‘lga olgan. U otasining to‘pponchasidan o‘t ochgani ma’lum bo‘ldi.
Mahalliy ommaviy axborot vositalarining voqea joyidan olingan suratlarida politsiya xodimlari gumonlanuvchini boshi berkilgan holda mashinaga kuzatib qo‘yganini ko‘rish mumkin.
Gumonlanuvchini tanigan guvohlar uning maktabda yaxshi baholarga o‘qiganini, ammo biroz odamovi bo‘lganini aytadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter