Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sergelida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Sergelida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Sergeli tumanidagi ishlab chiqarish ob’yektlaridan birida yirik yong‘in yuz berdi.

15-aprel kuni soat 23:08 da Favqulodda vaziyatlar vazirligining boshqarmasiga Sergeli tumanida joylashgan polietilen mahsulotlarini ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga FVVning 12 ta yong‘in-qutqaruv brigadasi yetib borgan. Yong‘in taxminan 1000 kvadrat metr maydonni qamrab olgan.

16-aprel kuni soat 00:10 larda yong‘in qurshab olingan, soat 02:05 da esa o‘chirilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in natijasida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar yo‘q.

Yong‘in sabablari, shuningdek, moddiy zarar miqdori mutaxassislar tomonidan aniqlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring