Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sergelida avtomobil ehtiyot qismlari sotiladigan do‘kon yonib ketdi

Sergelida avtomobil ehtiyot qismlari sotiladigan do‘kon yonib ketdi

Bugun, 18-fevral kuni soat 03:30 da Toshkent shahar Sergeli tumani «Yangi Sergeli» ko‘chasida joylashgan yuk avtomobillari va ehtiyot qismlarini sotish do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi.

Shunga ko‘ra 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borib, yong‘inni bartaraf etgan.

Yong‘in natijasida do‘konning 900 kv.m maydonda ichki shift qismi va tashqi alyukobond qoplamasi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi «Yangiobod» bozorida yong‘in bo‘lgani xabar berilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring