Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Seysmik faol zonalarda binolarni loyihalashtirish tartibi belgilandi

Seysmik faol zonalarda binolarni loyihalashtirish tartibi belgilandi

Hukumatning joriy yil 17-noyabrdagi «Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 727-son qarori bilan 2025-yil 1-dekabrdan zilzilalar kuchini ko‘rsatib beruvchi mintaqaviy akselerogrammalar bazalaridan kelib chiqib loyihalashtirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

2027-yil 1-oktyabrga qadar MSK-64 shkalasi bo‘yicha 8 va undan yuqori balli seysmik faol zonalarda maxsus seysmik himoyalash uskunalari yordamida loyihalashtirishga ustuvorlik beriladigan ob’yektlar turlari tasdiqlanadi.

2026-yil 1-fevraldan esa:

  • Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-oktyabrdagi 603-son qarori asosida beriladigan zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosa uchun undiriladigan to‘lov miqdori 50 foizga qisqartiriladi;
  • bir xil seriyali ob’yektlarga ilmiy xulosalar faqat 1 marotaba to‘lov asosida beriladi, qolgan shu turdagi ob’yektlarning loyihalariga ilmiy xulosa berish uchun to‘lov undirilmaydi.

Zilzilabardoshlik bo‘yicha ilmiy xulosalar berish "Shaffof qurilish" milliy axborot tizimiga integratsiya qilinadi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring