Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shadmanov Sog‘liqni saqlash vazirligiga qaytdi

Shadmanov Sog‘liqni saqlash vazirligiga qaytdi

Prezidentning tegishli qarori bilan Toshkent tibbiyot akademiyasining rektori Alisher Kayumovich Shadmanov O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

A. Shadmanov 1962 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1985 yilda Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlagan. 2009-2010 yillarda Andijon davlat tibbiyot institutining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, 2010-2015 yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori lavozimlarida mehnat qilgan.

2015-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik Palatasi deputati, qo‘mita raisi bo‘lgan. 2017-2020 yillarda Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimida ishlagan.

Tibbiyot fanlari doktori, professor A. Shadmanov 2020 yildan buyon Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori vazifasida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring