Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Shaffof qurilish» natijasida 4 yilda 3,6 trln so‘m mablag‘ tejaldi 

«Shaffof qurilish» natijasida 4 yilda 3,6 trln so‘m mablag‘ tejaldi 

Hech kimga sir emas, qurilish eng korrupsiyalashgan sohalardan biri edi. Loyihalar «kimga berilsa, berildi», tanlovlar shaffof emas, pudratchilar soni cheklangan edi.

Avval yirik qurilish loyihalari bir nechta «omadli» pudratchilar qo‘liga tushar, mingtaga ham yetmagan qurilish kompaniyalari o‘nlab ob’yektlarni bajarardi. Sifat, narx va nazorat borasidagi savollar ochiq qolardi. 

Hozirgi kunda amaliyotga tatbiq qilingan «Shaffof qurilish» dasturi natijasida esa:

  • 4 mingdan ortiq pudratchi ishga jalb etildi – endi imkoniyat hammaga teng;
  • 13,5 ming ob’yekt qurilishi shaffof tenderlar orqali taqsimlandi; 
  • so‘nggi 4 yilda 3,6 trillion so‘m budjet mablag‘i tejaldi.

Bu boradagi raqamlashtirish barcha ma’lumotlarning onlayn – tenderlar ochiq va shaffof o‘tishini ta’minlagan. Bir qurilish kompaniyasiga cheklov – «monopoliya» tugatildi hamda ortiqcha xarajatlar keskin qisqarib, davlat puli tejalmoqda.

Xulosa qilib aytganda, «Shaffof qurilish»dasturi joriy etilganidan keyin bu yo‘nalishda ham birmuncha ijobiy o‘zgarishlar sezilyapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring