Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shaharlar, qishloqlar, avtomagistrallar: Beeline Uzbekistan butun mamlakat bo‘ylab tarmog‘ini kengaytirmoqda

Shaharlar, qishloqlar, avtomagistrallar: Beeline Uzbekistan butun mamlakat bo‘ylab tarmog‘ini kengaytirmoqda

Beeline Uzbekistan O‘zbekistonda o‘z tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihasini davom ettirmoqda. Telekommunikatsiya sohasidagi eng yirik soliq to‘lovchi va sarmoyadorlaridan biri sifatida, operator mamlakat iqtisodiyotini yanada raqamlashtirish uchun muntazam ravishda poydevor yaratmoqda.

2024 yilda Beeline Uzbekistan tarmog‘i deyarli 2000 ta yangi baza stansiyasi bilan kengaytirildi. Eng jadal qurilish ishlari mamlakatning aholi zich joylashgan hududlari — Toshkent shahri va Toshkent viloyati, shuningdek, Samarqand, Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida olib borildi. Ahamiyatli hisoblangan avtomobil va temir yo‘l magistrallarida qamrovni kuchaytirish uchun 270 ga yaqin baza stansiyasi o‘rnatildi. Bundan tashqari, yil boshidan beri raqamli operator ilgari ishga tushirilgan 740 dan ortiq baza stansiyasini modernizatsiya qilib, ularning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini sezilarli darajada oshirdi. Shu tufayli Beeline Uzbekistan tarmog‘ida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20% ko‘proq trafik qayd etilmoqda, o‘rtacha ma’lumot uzatish tezligi esa 46% ga oshdi. VoLTE segmenti foydalanuvchilari soni ham ortib bormoqda: zudlik bilan ulanish va tiniq ovoz bilan qo‘ng‘iroq qilish texnologiyasini tanlaganlar soni olti baravarga, trafik hajmi esa 10 baravarga ko‘paydi. O‘zbekistonning barcha hududlarida keng ko‘lamli texnik ishlar amalga oshirildi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 2024 yilning sakkiz oyida 282 ta baza stansiya (BS) qurildi, 178 tasi modernizatsiya qilindi. Yangi qurilmalarning bir qismi O‘zbekiston va Tojikiston poytaxtlarini bog‘lovchi M34 avtomagistralida, Toshkent va Samarqand o‘rtasidagi A373 yo‘lida, shuningdek, Qirg‘iziston va Qozog‘iston hududidan o‘tuvchi M39 xalqaro avtotrassasi bo‘yida, O‘zbekiston hududida joylashtirildi.

Samarqand viloyatida 228 ta BS qurildi, 64 tasi — modernizatsiya qilindi. Asosiy avtomobil yo‘llarida qamrov yaxshilandi. Mobil aloqa xizmatlari Nurobod va Toyloq tumanlarining bir qator olis aholi punktlarida, M39, M37 Samarqand - Ashxobod magistrallari kesimlarida, temir yo‘llar bo‘yida ilk bor paydo bo‘ldi.

Andijon viloyatida Beeline Uzbekistan tarmog‘i 201 ta baza stansiyasi bilan kengaytirildi. Ilgari ishga tushirilgan 55 ta BSning o‘tkazuvchanlik qobiliyati oshirildi, bu ko‘proq mijozlarga sifatli aloqa xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi. Andijon - Namangan yo‘li, Shahrixon va Xo‘jaobod tumanlaridagi A373 avtomobil yo‘llarida qamrov yaxshilandi.

Qashqadaryo viloyatida 177 ta BS qurildi, 54 tasi modernizatsiya qilindi. Viloyat bu yil Beeline Uzbekistan birinchi marta ishonchli ovozli aloqa va 4G internet bilan kirib kelgan kichik aholi punktlari soni bo‘yicha rekordchi bo‘ldi. Operator aloqasi Qamashi, Qarshi, Kasbi, Kitob, Shahrisabz va Yakkabog‘ tumanlarining chekka hududlarida paydo bo‘ldi.

Surxondaryo viloyatida 180 ta baza stansiya barpo etilib, 25 tasi modernizatsiya qilindi. Boysun, Denov, Jarqo‘rg‘on, Sariosiyo, Sherobod va Sho‘rchi tumanlarida avtomobil yo‘llarining aloqa hududi kengaytirildi. Denov tumanidagi bir nechta kichik qishloqlar ilk bor operator tarmog‘iga ulanish imkoniga ega bo‘ldi.

Farg‘ona viloyatida ulkan ishlar amalga oshirildi — 150 ta yangi baza stansiyasi ishga tushirildi va 68 ta BS modernizatsiya qilindi. Aholi soni bo‘yicha mintaqaning ikkinchi yirik shahri — Qo‘qonda tarmoqni rivojlantirish alohida loyihaga aylandi: bu yerda 120 ta BS o‘rnatildi va 43 tasi modernizatsiya qilindi.

Buxoro viloyatida 135 ta baza stansiya qurilib, 49 tasi modernizatsiya qilindi. Qamrov xaritasiga Buxoro va G‘ijduvon tumanlarining kichik aholi punktlari, M37 va A380 "G‘uzor - Buxoro - Nukus - Beyneu" magistrallarining yangi qismlari kiritildi.

Qoraqalpog‘istonda A380 va A381 trassalarining qamrovi yaxshilandi. 2024 yilda viloyat hududida jami 126 ta baza stansiya o‘rnatilib, 33 ta baza stansiyasining o‘tkazuvchanlik qobiliyati oshirildi.

Namangan viloyatida asosiy ishlar amaldagi aloqa ob’yektlarida olib borildi — 64 ta baza stansiyasida modernizatsiya ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari, 99 ta yangi BS ishga tushirildi.

Jizzax viloyatida ham tarmoqni modernizatsiya qilishga e’tibor qaratildi: 40 ta BS modernizatsiya qilindi va 51 ta yangi baza stansiyasi o‘rnatildi. Viloyat markazi, G‘allaorol, Jizzax, Do‘stlik va Zomin tumanlarida temir yo‘llar bo‘ylab qamrov hududi kengaytirildi.

Xorazm viloyatida 84 ta baza stansiya o‘rnatilib, ilgari ishga tushirilgan 26 ta BSning o‘tkazuvchanlik qobiliyati oshirildi.

Navoiy viloyatida Beeline Uzbekistan tarmog‘ida baza stansiyalarining soni 72 ga oshdi, yana 26 tasi modernizatsiya qilindi. Karmana tumanidagi M37 trassasi, Qiziltepa tumanidagi temir yo‘l kesimlarida aloqa xizmatlaridan foydalanishda uzluksizlik ta’minlandi.

Aholi soni bo‘yicha mamlakatning eng kichik hududi bo‘lgan Sirdaryo viloyatida mijozlar manfaati uchun 63 ta yangi BS o‘rnatildi, 19 tasi esa modernizatsiya qilindi.

«Beeline infratuzilmasini uzluksiz rivojlantirishning mohiyati — O‘zbekiston aholisi zarur deb bilgan joylarda zamonaviy raqamli xizmatlardan foydalanish imkoniyatini ta’minlashdir. 2024 yilda butun mamlakat bo‘ylab o‘rnatilgan yuzlab yangi baza stansiyalaridan deyarli har yettinchisi avtomagistral va temir yo‘llarda, ko‘pincha aholi punktlaridan uzoqda joylashgani bejiz emas. Uyda ham, yo‘lda ham kompaniyamizning barcha xizmatlaridan qulay foydalanish mumkin. Biz 2024 yilda Beeline Uzbekistan tarmog‘ida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20% ko‘proq trafik qayd etilganini va bir yil ichida o‘rtacha ma’lumotlar uzatish tezligi 46% ga oshganini kuzatmoqdamiz», — deya ta’kidladi Beeline Uzbekistan texnik direktori Georgiy Kan.

«Kompaniyamizning mamlakatda uzoq yillar davomida erishgan yutuqlari O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyotini mustahkamlashga xizmat qiladigan yangi loyihalarga ilhom bag‘ishlamoqda. 2024 yil boshidan Beeline Uzbekistan aloqa infratuzilmasini rivojlantirishga rekord miqdorda mablag‘ yo‘naltirdi. Respublika telekommunikatsiya sohasiga kiritilgan investitsiyalar hajmi bo‘yicha yetakchilardan biri sifatida, biz barcha hududlarda va barcha sohalarda — shaxsiy hayotdan tortib biznes yuritish va Beeline mijozlari bo‘lgan davlat muassasalari faoliyatini ta’minlashgacha bo‘lgan jabhalarida raqamli innovatsiyalarni muvaffaqiyatli joriy etish uchun qulay muhit yaratmoqdamiz», — dedi Beeline Uzbekistan bosh direktori Andjey Malinovski.

***

Kompaniya haqida

Unitel MChJ 2006 yilning 12-sentabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi. Top Employer 2024 sertifikatiga ega.

VEON 6 mamlakatda 160 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.

Beeline Uzbekistan’da 1,9 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Unitel MChJ — O‘zbekistonning yirik soliq to‘lovchi kompaniyalaridan biri. Beeline SB’ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.

Sayt: : beeline.uz
Facebook: @beeline.uz
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: @beelineuzbekistan
X: @beeline_uz
LinkedIn: @beeline-uzbekistan

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring