Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shaxmatchi qizlarimiz afrikaliklarga imkoniyat qoldirmadi

Shaxmatchi qizlarimiz afrikaliklarga imkoniyat qoldirmadi

Hindistonning Chennay shahrida Butunjahon shaxmat Olimpiadasi o‘tkazilmoqda.

Bugun musobaqaning 3-tur bahslari tashkil etilmoqda. O‘zbekiston ayollar terma jamoasi tur doirasida Zambiya vakilalariga qarshi dona surishdi.

Quvonarlisi, qizlarimizning barchasi afrikalik raqibalarini mag‘lub eta oldilar - 4:0.

Bugun terma jamoamiz safida Nilufar Yakubboyeva, Umida Omonova, Maftuna Bobomurodova va Afro‘za Hamdamova dona surdilar.

Qizlarimiz birinchi turda Ganani 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandilar. Ikkinchi turda esa AQShga 1:3 hisobida imkoniyat boy berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring