Shahram G‘iyosov 24-fevralda Edgar Puertoga qarshi ringga chiqadi

24-fevral tongida o‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov faoliyatidagi yettinchi jangini o‘tkazadi. Meksikaning Tixuana shahrida bo‘ladigan jangda hamyurtimizga meksikalik Edgar Puerto raqiblik qiladi.
Ma’lumot uchun, Shahram bugungi kunga kelib professional ringda 6 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. Beshtda bahsni muddatidan oldin o‘z foydasiga hal etgan. Edgar Puerto esa shu kungacha 37 ta jang o‘tkazgan. Ularning 25 tasida g‘alaba qozongan (19 ta nokaut). 11 marotaba mag‘lubiyatga uchragan (5 ta nokaut) va 1 ta durangga erishgan.
Shahram o‘tgan yili noyabrda meksikalik Migel Zamudioni nokautga uchratgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas