Shahram G‘iyosov 15 soniyada raqibini nokaut qildi

Bugun professional boksda ilk jangini o‘tkazgan hamyurtimiz Shahram G‘iyosov ajoyib g‘alabaga erishdi.
Nyu-Yorkdagi «Kings Theater» arenasida tashkil etilgan to‘qnashuvda u argentinalik Nikolas Velaskes bilan kuch sinashib, jangning 15 soniyasidayoq raqibini texnik nokautga uchratdi.
Shunday qilib, Rio Olimpiadasi kumush medali sohibi, Osiyo va jahon chempioni professional boksdagi faoliyatini muvafaqqiyat bilan boshladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter