Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shahrisabzda noyob irbis — qor barsi suratga olindi (foto)

Shahrisabzda noyob irbis — qor barsi suratga olindi (foto)

Mushuksumonlar oilasiga mansub, hayvonot olamida juda ham kamayib borayotgan irbis — qor barsi bugungi kunda dunyo miqyosida bor yo‘g‘i 16 ta mamlakatda 3-4 mingtagacha borligi tasdiqlanib, shular sirasiga O‘zbekiston Respublikasida ham 20-22 ta mavjudligi qayd etilgan.

Yaqinda Shahrisabz tumanidagi Hisor davlat qo‘riqxonasi hodimlari tumanning tog‘li hududida irbis — qor barsini uchratganligini ma’lum qilishdi. Qo‘riqxona xodimlari ushbu jonivorni hattoki suratga ham olishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu haqda «Nasafnews» internet nashri Shahrisabz tumani hokimligi axborot xizmati rahbari Sarvarbek Primovga asoslanib ma’lumot berdi.

Bugungi kunda qor barsini saqlash bo‘yicha ko‘plab xalqaro anjumanlar, forumlar tashkil etilgan.

Yer yuzasidagi barcha qor barsi xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi himoyasi ostiga olingan. Shuningdek, ushbu jonivor mavjud barcha davlatlarda  «Kizil kitob»ga kiritilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring