Shahzoda Garri onasining jasoratini takrorladi

Shahzoda Garri 16-iyul kuni Angolada minalashtirilgan maydonda yurib, onasining jasoratini takrorladi. Malika Diana 1997-yilning yanvarida xuddi shu ishi bilan jahon afkori ommasining e’tiborini tortgandi.
Garri ham onasi bir paytlar qadam qo‘ygan minalashtirilgan maydon bo‘ylab yurdi, maqsad — HALO Trust xayriya tashkiloti faoliyati natijalarini ko‘rsatish.
Shundan so‘ng shahzoda Angolaning olis qishloqlaridan biridagi bolalar uchun xavfsizlik mashg‘ulotiga bordi.

«To‘xtang, qayting, kattalarga ayting», — portugalcha jumlalarni u bolalarga qo‘shilib takrorladi.
Ogohlikka chaqiruvchi bu jumlalar Angolada 1975-yildan 2002-yilgacha cho‘zilgan fuqarolar urushidan qolgan yer usti minalaridan bolalarni himoyalashga qaratilgan.
«Ko‘chada o‘ynayotgan yoki maktabga qatnayotgan bolalarga qo‘rquv yot bo‘lishi kerak. Bu yerda, Angolada o‘ttiz yildan oshsa hamki, urush oqibatlari har kuni insonlar hayotiga xavf solmoqda», — shahzoda Garri rasmiy nutqida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter