Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sharof Rashidov va Ohangaron tumanlarida charm-poyabzal sanoati klasterlari tashkil qilinadi

Sharof Rashidov va Ohangaron tumanlarida charm-poyabzal sanoati klasterlari tashkil qilinadi

Sharof Rashidov tumanida, shuningdek Ohangaron tumanida tashkil etilgan charm-poyabzal kichik sanoat zonasi hududini kengaytirish orqali, charmni chuqur qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan charm-poyabzal sanoati klasterlari tashkil qilinadi.

Bu borada joriy yil 20-may kuni Prezidentning PQ-181-sonli qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, sanoat zonalari hududida quriladigan ishlab chiqarish bino-inshootlari tadbirkorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 7 yilgacha muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan yoki ijara asosida beriladi.

Poyabzal va charm-attorlik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalarni xarid qilish maqsadida xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlarning 3 million AQSh dollaridan ortiq bo‘lmagan qismi bo‘yicha foiz xarajatlarining 6 foiz banddan yuqori qismi, biroq 5 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda «Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» AJ tomonidan kompensatsiya qilib beriladi.

Xorijiy brendlarni jalb qilgan poyabzal va charm-attorlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga «sorsing» kompaniyalari uchun sarflangan xarajatning 30 ming AQSh dollarigacha qismi qoplab beriladi.

Sanoat zonalarida tashkil etiladigan korxonalar mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan ozod etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring