Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sharqiy Qozog‘istonda Chori Avaz ijodiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi

Sharqiy Qozog‘istonda Chori Avaz ijodiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi

Pushkin nomidagi Sharqiy Qozog‘iston viloyat kutubxonasida o‘zbek poeziyasining yirik namoyandasi, so‘z san’atida abadiyatga daxldor ijod qilgan atoqli shoir — Chori Avaz ijodiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy kecha tashkil etildi.

Mazkur tadbirda O‘zbekistondan mehmonlar ishtirok etdi. Ular orasida shoirning rafiqasi, taniqli shoira Zebo Omonova, «Favvora» kinostudiyasi rahbari, Chori Avaz haqidagi hujjatli film muallifi Keldiyor Xo‘jayorov, «Sharq yulduzi» jurnali bosh muharriri Sirojiddin Rauf, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi, shoirning qizi Guli Nigor Avazova va nabirasi Mehri Nigor bor edi.

Mehmonlarni kutubxona direktori Nazimgul Ernazar qizi, shoir Askerxon Aktay, direktor o‘rinbosari Meruyert Kemesheva hamda adabiyot ixlosmandlari iliq kutib olishdi.

Kechada ikki qardosh xalq vakillari shoirning she’rlaridan parchalar o‘qib, uning boy ijodiy merosi va ibratli hayot yo‘li haqida samimiy fikr-mulohazalar bildirishdi.

Nazm kechasi ikki xalq o‘rtasidagi adabiy-ma’naviy aloqalarni yanada mustahkamlovchi ruhda o‘tdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring