Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Moskva shahriga keldi.
"Vnukovo" aeroportida davlatimiz rahbarini Rossiya Federatsiyasi Prezidentining yordamchisi Maksim Oreshkin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Ertaga, 8-oktyabr kuni MDH sammitining asosiy tadbirlari bo‘lib o‘tadi. Kun tartibidan Hamdo‘stlik doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter