Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev 2019-yil Shveysariyaga boradi

Shavkat Mirziyoyev 2019-yil Shveysariyaga  boradi

Foto:Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yilda Shveysariyaga tashrif buyurishi ko‘zda tutilgan. 19- noyabr kuni Bern shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Shveysariya siyosiy maslahatlashuvlarining beshinchi raundida mazkur masala muhokama qilindi. Bu haqda «Xalq so‘zi» nashri xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasiga Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov, Shveysariya Konfederatsiyasi delegatsiyasiga Federal tashqi ishlar departamenti davlat kotibi o‘rinbosari Kristina Marti Lang boshchilik qildi.

Tashqi ishlar vazirligi axborotiga ko‘ra, muzokaralarda siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik holati va uni faollashtirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yilda Shveysariyaga tashrifini tashkillashtirish va uni muvaffaqiyatli o‘tkazishdan tomonlar manfaatdor ekanligi tasdiqlandi.

Suhbat chog‘ida savdo-iqtisodiy, investitsiya va moliya sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratildi. O‘zaro savdoda tovar va xizmatlar turlarini kengaytirish, qo‘shma investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, ikki davlat biznes vakillarini hamkorlikka keng jalb etishga tomonlar tayyor ekanligi ta’kidlandi. Shu o‘rinda kelgusi yilning birinchi yarmida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 8-majlisini o‘tkazish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda mintaqaviy va xalqaro muammolarning muhim jihatlari yuzasidan ham fikr almashildi.

Shu kunning o‘zida Shveysariya Federal majlisi Milliy kengashining (parlament) xalqaro parlamentlararo aloqalar xizmati rahbari Klaudiyo Fisher, Federal moliya departamenti Davlat kotibi Yorg Gasser va Shveysariya tashqi siyosat idorasining suv masalalari bo‘yicha yangi tayinlangan Maxsus Elchisi Gay Bonvin bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring