Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev 2021-yilda Rossiyaga tashrif buyuradi

Shavkat Mirziyoyev 2021-yilda Rossiyaga tashrif buyuradi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2021-yilda Rossiyaga davlat tashrifi bilan boradi.

Mamlakatimiz tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 21-dekabr kuni rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan muzokaralar o‘tkazgan. 

Uchrashuvda Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga bo‘lajak tashrifi ham muhokama qilindi, deyiladi Rossiya TIV xabarida. 

Vazirlar o‘zaro hamkorlik hujjatlari va koronavirusga qarshi kurashish borasida ham fikr almashgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring