Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabidagi maqbara va masjidni ziyorat qildi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabidagi maqbara va masjidni ziyorat qildi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifining asosiy tadbirlari boshlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Davlatimiz rahbari, taomilga ko‘ra, dastlab Abu-Dabi shahridagi Shayx Zoid bin Sulton Ol Nahayon maqbarasi hamda masjidini ziyorat qildi.

Shayx Zoid bin Sulton Ol Nahayon Birlashgan Arab Amirliklarining birinchi Prezidenti bo‘lgan. U 2004 yili o‘zi qurdirgan mazkur masjid yonida dafn etilgan. Bugungi kunda ushbu masjid va maqbara mamlakat aholisi uchun tabarruk maskanga, xorijiy delegatsiyalar rahbarlari tashrif buyuradigan majmuaga aylangan.

Bu masjid dunyodagi eng katta masjidlardan biri bo‘lib, qurilish ishlari 1996-yildan 2007-yilgacha davom etgan. Unda bir vaqtning o‘zida 40 ming kishi namoz o‘qishi mumkin.

Majmuaga tashrif asnosida Shayx Zoid bin Sulton Ol Nahayon ruhiga Qur’on tilovat qilindi.

Prezidentimizga masjidning qurilish tarixi,  o‘ziga xos xususiyatlari, sayyohlar va ziyoratchilar uchun yaratilgan sharoitlar haqida so‘zlab berildi.

Shavkat Mirziyoyev maqbaraning Ziyoratchilar kitobida dastxat qoldirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring