Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston xalqiga hamdardlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-avgust kuni Kobul shahridagi «Mavaud» ta’lim markazida sodir etilgan qabih terrorchilik xuruji oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Afg‘oniston xalqi va Prezident Muhammad Ashraf G‘aniga hamdardlik bildirdi.
Marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat, jarohatlanganlarga shifo tiladi, deb xabar bermoqda Prezidentning matbuot xizmati.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter