Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga jo‘nab ketdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 22-avgust kuni ertalab amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Davlatimiz rahbari «Avaza» milliy turizm zonasida bo‘lib o‘tadigan «Ozarbayjon Turkmaniston O‘zbekiston» formatidagi sammit tadbirlarida ishtirok etadi.

O‘zbekiston yetakchisi sammit doirasida ikki tomonlama muzokaralar ham o‘tkazadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring