Shavkat Mirziyoyev bugun kimlar bilan uchrashishi ma’lum bo‘ldi

Amaliy tashrif bilan Nyu-York shahrida bo‘lib turgan Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 20- sentyabr kuni ham bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Jumladan, Pokiston Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Anvar Kakar, Jahon banki prezidenti Ajay Banga, FIFA rahbari Janni Infantino, "Citygroup" korporatsiyasi raisi Jon Dugan, "BCG" kompaniyasi raisi Rich Lesser bilan uchrashuvlar rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Mirziyoyev avvalroq qator siyosatchilar, jumladan AQSh prezidenti Jo Bayden bilan uchrashgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter