Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga jo‘nab ketdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga jo‘nab ketdi.
Davlat rahbari G‘uzor tumanida barpo etilgan Uzbekistan GTL zavodini ishga tushirish marosimida ishtirok etadi.
Yangi korxona GTL, ya’ni «gazni - suyuqlikka» texnologiyasi asosida yiliga 3,6 mlrd. metr kub tabiiy gazni qayta ishlab, 1,5 mln. tonna tayyor mahsulotlar - aviakerosin, dizel yoqilg‘isi, nafta, suyultirilgan gaz ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Bunday zavod shu paytgacha jahonda faqat 4 ta davlatda – Qatar, Nigeriya, JAR va Malayziyada barpo etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter