Shavkat Mirziyoyev Dushanbe shahriga yetib bordi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-oktyabr kuni amaliy tashrif bilan Tojikiston Respublikasiga keldi.
Dushanbe xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston yetakchisi «Markaziy Osiyo - Rossiya» formatidagi ikkinchi sammitda hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.
Manba: president.uz
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter