Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev: «Endi vazirlar Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi»

Shavkat Mirziyoyev: «Endi vazirlar Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi»

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi davom etmoqda.

Parlamentning muhim qarorlar qabul qilish va qonunlar ijrosini nazorat etish faoliyatini jonlantirish lozim.

«Hozirgi kunda Konstitutsiyaga muvofiq parlament Bosh vazirni tasdiqlaydi. Lekin, vazirlarni lavozimga qo‘yishda qatnashmaydi. Shuning uchun Hukumat a’zolari parlament oldida mas’uliyatni yetarli darajada his etayotgani yo‘q. Shu bois Vazirlar Mahkamasi a’zolarini Oliy Majlis tomonidan tasdiqlash amaliyotini kiritishni taklif etaman», dedi Prezident.

«Bo‘lajak vazir parlament a’zolari oldida sohani rivojlantirish bo‘yicha o‘z dasturini himoya qilsin va unga erishish yo‘llarini asoslab bersin. Bir so‘z bilan aytganda, lavozimga munosib ekanini isbotlasin», qo‘shimcha qildi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring