Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Eronga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Eronga jo‘nab ketdi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiyning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Bugun Eron poytaxtida davlatimiz rahbari Prezident Ibrohim Raisiy va Oliy diniy rahbar Oyatulloh Sayid Ali Xomaneiy bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. 

Bo‘lajak oliy darajadagi muzokaralarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni va ustuvor yo‘nalishlardagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb jihatlari ko‘rib chiqiladi. Mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring