Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Eronda rasmiy kutib olindi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Eronda rasmiy kutib olindi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Tehrondagi «Saadobod» majmuasining «Jumhuri» saroyida Eron Islom Respublikasiga rasmiy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbarini Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy kutib oldi.

Saroy oldidagi maydonda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston va Eronning davlat bayroqlari ko‘tarildi.

Harbiy orkestr ikki mamlakat madhiyalarini ijro etdi.

Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushish marosimidan so‘ng yetakchilarning tor doiradagi uchrashuvi boshlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring