Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Gruziyaga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Gruziyaga jo‘nab ketdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidzening taklifiga binoan 2 iyul kuni davlat tashrifi bilan Tbilisi shahriga jo‘nab ketdi.

Avval xabar qilinganidek, Gruziya poytaxtida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar o‘tkaziladi.

O‘zbekiston – Gruziya do‘stlik va ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari diqqat markazida bo‘ladi.

Tashrif dasturida madaniy-gumanitar tadbirlarda ishtirok etish ham ko‘zda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring