Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga hamdardlik yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga hamdardlik yo‘lladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Xitoyning Sichuan muzofotida kuchli zilzila oqibatida ko‘plab odam nobud bo‘lgani va og‘ir jarohat olgani munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga hamdardlik yo‘lladi.

Butun Xitoy xalqiga chuqur ta’ziya izhor etib, davlatimiz rahbari halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlar shifo topishini tiladi.

Eslatib o‘tamiz Xitoy janubi-g‘arbida, Sichuan provinsiyasining Ludin uyezdini larzaga keltirgan 6,8 balli yer silkinishi oqibatida qurbonlari soni 65 nafarga yetgandi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring