Shavkat Mirziyoyev Italiya xalqiga hamdardlik bildirdi
Joriy yilning 22 sentyabr kuni Italiyaning sobiq prezidenti Jorjio Napolitano 98 yoshida vafot etdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarellaga ushbu mamlakat sobiq Prezidenti, yirik davlat va jamoat arbobi, senator Jorjo Napolitano vafot etgani munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi.
Davlat rahbari Italiya xalqiga hamda marhumning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirdi.
Ma’lumot uchun, Napolitano 2006 yildan 2015 yilgacha davlat rahbari lavozimida ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter