Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev: «Kerak bo‘lmagan majlisni o‘tkazgan rahbar ishdan ketadi»

Shavkat Mirziyoyev: «Kerak bo‘lmagan majlisni o‘tkazgan rahbar ishdan ketadi»

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yig‘ilishda joylarda majlisbozlikka mutlaqo chek qo‘yish kerakligi, viloyat va tuman hokimlari faqat Prezident Administratsiyasi rahbaridan ruxsat olgandan so‘ng majlis o‘tkazishi, shunda ham ular bir soatdan oshmasligi lozimligi aytildi. Faqat iqtisodiyot sektori va soliq idoralari vakillari hisobotlarni taqdim etish uchun chaqirilishi ta’kidlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

— Kerak bo‘lmagan majlisni o‘tkazgan rahbar ishdan ketadi. Bir soatdan ko‘p majlis qilish mumkin emas O‘zbekistonda, — dedi Prezident.

Sektor rahbarlari tomonidan yoshlar masalalari bilan ishlash borasida aniqlangan muammolar yechimi muhokama qilindi. Dastlab Farg‘ona viloyati va Oltiariq tumani hokimining hisobotlari eshitildi.

Tuman va shahar hokimlari o‘rinbosarlari, joylardagi tashkilot rahbarlari o‘z faoliyatini bandlik, yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, uyushmagan yoshlar bilan ishlash, jinoyatchilikni jilovlash, ularda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish kabi vazifalar asosida tashkil qilishi ta’kidlandi.

Buning uchun, barcha viloyat, tuman va shaharlarda mahallalar kesimida «yoshlar balansi»ni «mahallabay» shakllantirish kerakligi aytildi. Har bir sektor rahbari yoshlarning «mahallabay» balansini chiqarib, ishlarga aniq hisob-kitob va ilm bilan yondashsa natija bo‘lishi qayd etildi.

Mutasaddilarga har bir tuman, shahar, mahalla kesimida «Yoshlar balansi»ni shakllantirib, elektron bazani to‘liq ishga tushirish vazifasi qo‘yildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring