Shavkat Mirziyoyev Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh faollarni mukofotladi
![Shavkat Mirziyoyev Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh faollarni mukofotladi](http://static.xabar.uz/crop/1/8/720_460_95_1823620191.png)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimiz mukofotlandi.
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Niyetullayev Tengelatdin Seydullayevich - Bo‘zatov tumanidagi «Erkindaryo» ovul fuqarolar yig‘inining keksalar maslahat guruhi faoli, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Saidova Dilbar - Sharof Rashidov tumanidagi «Jizzaxlik» mahalla fuqarolar yig‘inining jamoatchilik kengashi faoli, Jizzax viloyati
Saydullayev Saydislom Xabibullayevich - Bo‘ka tumanidagi «Yoqutxon-Said» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Toshkent viloyati
Sayfullayev Talip Vaxabovich - Yakkasaroy tumani mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining maslahatchisi, Toshkent shahri
Shaymuratov Ibodulla Aqanovich - Bandixon tumanidagi «Qaldirg‘och» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Surxondaryo viloyati
Shomurotov Tavakal Ergashevich - Marhamat tumanidagi «Boboxuroson» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Andijon viloyati
«Do‘stlik» ordeni bilan
Abdullayev Anvarxon Axmadxonovich - Kosonsoy tumanidagi «Ahmadxon hoji Kosoniy» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Namangan viloyati
Ashirova Oysara Toirovna - Karmana tumanidagi «Do‘rman» mahalla fuqarolar yig‘inining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha kengashi faoli, Navoiy viloyati
Begmuratov Jumabay Nurgeldiyevich - To‘rtko‘l tumanidagi «Oqqamish» ovul fuqarolar yig‘ini raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Bo‘ltakov Saydalim - Zafarobod tumanidagi «Lolazor» qishloq fuqarolar yig‘ini raisi, Jizzax viloyati
Jalilov Shuxrat Umirzakovich - Sardoba tumanidagi «Qo‘rg‘ontepa» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Sirdaryo viloyati
Isroilova Maxfuzaxon Numanovna - Xo‘jaobod tumanidagi «Sanoatchilar» mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli, Andijon viloyati
Narziyeva Gulnora Abdullayevna - Qorovulbozor tumanidagi «Bo‘zachi» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Buxoro viloyati
Odirov Nurillo Ziyadullayevich - Koson tumanidagi «Esaboy» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Qashqadaryo viloyati
Ramazanova Durdona Axmedovna - Yangibozor tumani ayollar maslahat kengashi raisi, «Oqila ayollar» harakati faoli, Xorazm viloyati
Ruziyeva Tatyana Viktorovna - Termiz shahridagi «Temur Termiz servis» professional boshqaruv kompaniyasi rahbari, Surxondaryo viloyati
Sayfullayev Shuhrat Hoshimovich - Qo‘shrabot tumanidagi «Sohibkor» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Samarqand viloyati
Yulbarsov Akramjon Astanakulovich - Farg‘ona viloyati nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli
II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan
Almatova Uktam Abdullayevna - Sergeli tumanidagi «Birdamlik» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Toshkent shahri
Ziyayeva Zuxra Djabar qizi - Dang‘ara tumanidagi «Arziktepa» mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli, Farg‘ona viloyati
«Shuhrat» medali bilan
Abdimannopov Abdulxafiz Abduxoshimovich - Andijon tumani «Saddatagi» mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi, Andijon viloyati
Ataullayev Odiljon Kasimovich - Nurafshon shahri «Chig‘iriq» mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi, Toshkent viloyati
Jo‘raboyev Xurshid Abduvaliyevich - Nurobod tumani «Jom» mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi, Samarqand viloyati
Imamov Sanjarali Tolkinovich - Chilonzor tumanidagi «Lazzatli taom ziravorlari» mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Toshkent shahri
Norboyev O‘tkurbek Sohataliyevich - Pop tumanidagi «Sohibkor» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Namangan viloyati
Rahimov Jamshid Orifjonovich - Mingbuloq tumani «Mustaqillik» mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi, Namangan viloyati
Rahimova Nigara Atabekovna - Ellikqal’a tumani «Qirqqizobod» mahalla fuqarolar yig‘inidagi kasb-hunarga o‘qitish markazi ishlab chiqarish ta’limi ustasi, tikuvchi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Xolmatov Ibrohimjon Uktamovich - Uchko‘prik tumanidagi «Katta Qashqar» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Farg‘ona viloyati
Xudayberganova Radxo Allaberganovna - Urganch tumani «Turkmanlar» mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi, Xorazm viloyati
Hamrayev Homidjon Bozorovich - Xovos tumanidagi «Xovosobod» mahalla fuqarolar yig‘inining jamoatchilik kengashi faoli, Sirdaryo viloyati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter