Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Narendra Modiga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Narendra Modiga hamdardlik bildirdi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindistonning shimoli-sharqidagi hududlarda yuz bergan tabiiy ofatlar oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan mamlakat Prezidenti Ram Nath Kovind va Bosh vaziri Narendra Modiga hamdardlik yo‘lladi.

Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Eslatib o‘tamiz, Assam va Magxalaya shtatlarida kuchli suv toshqini oqibatida 60dan ortiq kishi qurbon bo‘lgani xabar berilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring