Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, avvalgi vazifalar ijrosi bilan tanishish, yangi istiqbolli loyihalarni belgilash maqsadida 12-mart kuni Navoiy viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlatimiz rahbarining 2017 va 2018-yillardagi tashriflari chog‘ida belgilangan chora-tadbirlar natijasida viloyatda juda ko‘p ishlar amalga oshirildi.
Bu safar Nurota va Karmana tumanlari, Navoiy shahridagi yangi korxonalar, ijtimoiy ob’yektlar, energetika, kimyo va baliqchilik majmualari bilan tanishish rejalashtirilgan.
Avval prezident Namangan viloyatiga tashrif buyurgandi.

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter