Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri bilan uchrashdi: tafsilotlar

Shavkat Mirziyoyev Pokiston bosh vaziri bilan uchrashdi: tafsilotlar

Foto: Prezident matbuot xizmati.

4-iyul kuni Xonkendi shahridagi Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston-Pokiston strategik sheriklik munosabatlarini qabul qilingan "yo‘l xaritasi" asosida yanada kengaytirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Turli darajalardagi muloqotlar faol kechayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro savdo hajmi, qo‘shma korxonalar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar ko‘paymoqda. Karachi va Lahorda savdo uylari tashkil etilgan.

Savdo-iqtisodiyot, investitsiya va transport-kommunikatsiya sohalaridagi kooperatsiya loyihalari va dasturlarini jadallashtirish, shu jumladan Transafg‘on temir yo‘li qurilishini ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va biznes forumini samarali o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Shu bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga davlat tashrifi yakunlandi. Davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi. Fuzuliy xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Ozarbayjon madaniyat vaziri Odil Karimli va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring