Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Pekinda Putin bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Pekinda Putin bilan uchrashdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekinda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Rossiya yetakchisining yordamchisi Yuriy Ushakovning aytishicha, uchrashuvda ikki tomonlama masalalar va hamkorlikni yanada rivojlantirish muhokama qilindi. 

Bir kun avval Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyev Xitoyning Tyantszin shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida qisqacha suhbatlashgan edi.

Endi ular Pekinda uchrashishdi va ushbu shaharda 3 sentyabrga rejalashtirilgan harbiy paradda qatnashishadi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring