Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga uchib ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 26-dekabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining norasmiy majlisida ishtirok etish uchun Moskva shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Avval xabar qilinganidek, uchrashuvda 9 ta davlat: O‘zbekiston, Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarusiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, va Tojikiston rahbarlari qatnashishi kutilmoqda.
Bugungi uchrashuv Qirg‘izistonning yangi saylangan Prezidenti Sooranbay Jeenbekov uchun birinchi umumiy yig‘ilish bo‘lishini ta’kidlab o‘tish joiz. Ukraina esa anchadan beri MDH sammitida ishtirok etmayapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter