Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatini o‘rnak qilib ko‘rsatdi

Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatini o‘rnak qilib ko‘rsatdi

O‘zbekistonda ipoteka uchun budjetdan ajratilgan 1,1 trillion so‘m subsidiyalardan, 220 milliard so‘m (20 foiz) ishlatilgan, xolos. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan o‘tkazilgan videoselektor davomida ta’kidlab o‘tildi.

Davlat rahbari tomonidan ma’lum qilinishicha, respublika bo‘yicha 36 mingdan ziyod ijobiy xulosasi bor oilalarga 900 milliard so‘mdan ziyod subsidiyalar to‘lanmay turibdi. Buning sababi, aholi tomonidan talab yuqori bo‘lgan o‘rta me’yordagi uylar bo‘yicha quruvchilar bozorga yetarli taklif chiqarmayapti.

Shavkat Mirziyoyev bu borada Samarqand viloyati o‘rnak bo‘la olishini ta’kidlab o‘tdi.

«Samarqand viloyatida hokimiyat tashabbus qilib, loyihachi, quruvchi va bankni «boshini birlashtirib», hamyonbop uylarni qurishni tashkil etgan. Bu orqali, subsidiyadan foydalanish va kreditlarni o‘zlashtirishning eng yuqori ko‘rsatkichi Samarqandda», — dedi davlat rahbari.

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, viloyatda kredit – 85 foiz, subsidiya – 60 foizga amalga oshirilgan. Aksincha, Qoraqalpog‘iston, Navoiy, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida ish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagan.

«Nima uchun, Qoraqalpog‘iston, Navoiy, Sirdaryo, Xorazm va Toshkent viloyati rahbarlari ishlarni bunday tashkil eta olmaydi? Bu viloyatlarda o‘zlashtirish 5 foizdan past», — deya tanqid qildi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring