Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni podshohi va valiahdini tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud va valiahd Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saudni milliy bayram – Saudiya Arabistoni Podshohligi e’lon qilingan kun bilan tabrikladi.
Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Tarixdan ma’lumki, Saudiya Arabistoni podshohligi 1932-yil 23-sentyabrda tashkil topgan. Davlat hududi Arabiston yarimorolining qariyb 80 foizini tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter