Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Sergelidagi yangi uylarni ko‘zdan kechirdi

Shavkat Mirziyoyev Sergelidagi yangi uylarni ko‘zdan kechirdi

Foto:Prezident matbuot xizmati

«Choshtepa» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 66 ta 7 qavatli uy qurilmoqda. Prezident joriy yilning iyul oyida bu yerga tashrif buyurgan, o‘sha kunlari qurilishga poydevor qo‘yilib, ishlar boshlangan edi.

Atigi besh oyda bu yerda ulkan mavze qad ko‘tardi. 1 ming 176 xonadonga mo‘ljallangan 21 ta uy barpo etildi. Boshqa uylarning qurilishi davom etmoqda.

Turkiyaning innovatsion texnologiyalari asosida binoning tashqi devorlari harorat saqlovchi materiallar bilan qoplangan. Bu uylarni qishda issiq, yozda salqin bo‘lishini ta’minlaydi.

Prezidentimiz ushbu uylardan birini kirib ko‘rdi. Qurilish sohasida yangi tizim yaratilganini, bu aholini uyli qilish bilan birga ko‘plab ish o‘rinlari ham ochayotganini ta’kidladi.

Mavzeda mahalla guzari ham bunyod etilgan bo‘lib, unda mahalla raisi va maslahatchilari xonalari, uy-joy mulkdorlari shirkati, profilaktika inspektori xonasi, kutubxona faoliyat yuritadi.

Shavkat Mirziyoyev tumanning 8-dahasi yonida quriladigan uylar uchastkasida ham bo‘ldi. Bu yerda 27 ta 9 qavatli turar joy barpo etiladi, yana ko‘plab oilalar uy bilan ta’minlanadi.

Avvalroq Prezident Chilonzor tumani, Bog‘iston ko‘chasida bunyod etiladigan ko‘p qavatli uylarning qurilish maydoniga borgandi.

Foto:Prezident matbuot xizmati
Foto:Prezident matbuot xizmati
Foto:Prezident matbuot xizmati
Foto:Prezident matbuot xizmati
Foto:Prezident matbuot xizmati

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring