Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Nodirbek Abdusattorovni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Nodirbek Abdusattorovni tabrikladi

Ma’lumki, kuni kecha o‘zbekistonlik 17 yoshli grossmeyster Nodirbek Abdusattorov — rapid (tezkor shaxmat) yo‘nalishida jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. 

MDHning norasmiy sammiti bo‘lib o‘tgan Sankt-Peterburgdan Toshkentga qaytayotgan samolyotda Prezident Shavkat Mirziyoyev va butun delegatsiya tezkor shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorovning ishtirokini katta qiziqish bilan onlayn kuzatib bordi.

Davlatimiz rahbari shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha yangi va eng yosh jahon chempioniga o‘zining eng samimiy tabriklarini yo‘lladi hamda uning ota-onasi va murabbiylariga minnatdorlik bildirdi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring