Shavkat Mirziyoyev Turkmanboshi shahriga yetib bordi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 24-avgust kuni Turkmanboshi shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezidentning matbuot xizmati xabar bermoqda.
Davlatimiz rahbarini Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari E.Orazgeldiyev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Prezidentimiz bugun Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etadi. Sammitda Orol dengizi havzasining ekologik ahvolini yaxshilashda Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorligining dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter