Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga ketdi

Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonga ketdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 5 avgust kuni Turkmanboshi shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Prezidentimiz ushbu shahar yaqinidagi «Avaza» milliy sayyohlik zonasida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida ishtirok etadi.

Shuningdek, sammit doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring