Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev ushbu haftada Turkiyaga boradi

Shavkat Mirziyoyev ushbu haftada Turkiyaga boradi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan 19-20 fevral kunlari mazkur mamlakatda bo‘ladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Anqara shahrida oliy darajadagi muzokaralar hamda O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari hamraisligida ikki tomonlama Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, transport-kommunikatsiya, ta’lim, madaniy-gumanitar va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikning holati va istiqbollari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar bo‘yicha fikr almashiladi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashadi, Turkiya Respublikasi prezidenti kutubxonasi majmuasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring