Prezident koronavirusga qarshi emlangani ochiqlandi

Bugun prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov navbatdagi brifingini o‘tkazdi.
Brifingda Kun.uz nashri muxbiri Abror Zohidov Prezident matbuot kotibiga savol berdi.
— Davlat rahbari vaksina qabul qilganmilar? Qaysi vaksina olganlar?
— Prezidentimiz mas’uliyatli fuqaro sifatida albatta, vaksina olganlar. O‘sha vaqtda O‘zbekistonda 3 ta vaksina ro‘yxatdan o‘tgan edi. Zf-Uz Vac, AstraZeneca va Sputnik V. Prezidentimiz shu vaksinalardan biri bilan to‘liq emlanganlar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter