Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyni ishonchli g‘alaba bilan tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyni Ukrainadagi prezidentlik saylovlaridagi ishonchli g‘alaba bilan tabrikladi.
«O‘zbekiston-Ukraina munosabatlari an’anaviy do‘stlik, o‘zaro manfaatli hamkorlik asosida, xalqlar manfaati yo‘lida izchil rivojlanadi va mustahkamlanib boraveradi», deyiladi prezident tabrigida.
Eslatib o‘tamiz, Vladimir Zelenskiy 21-aprel kuni kechgan prezidentlik saylovining ikkinchi turida Petr Poroshenkoni katta farq bilan ortda qoldirib, g‘olib chiqqandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter