Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Xorazmga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Xorazmga jo‘nab ketdi

Foto:Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar bilan bevosita tanishish maqsadida Xorazmga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif doirasida viloyatda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlar va dolzarb vazifalarni belgilab olish, bajarilgan ishlarni tahlil qilish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning mamlakat hududlariga safarlarining navbatdagi bosqichi 15-noyabrdan boshlagan va birinchi tashrif Qoraqalpog‘iston Respublikasiga bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring