Shavkat Mirziyoyevning oktyabrda Bryusselga borishi kutilyapti

Shavkat Mirziyoyev 2025-yilning 24-oktyabrida Bryusselga boradi. Bu haqda Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Koshtaning O‘zbekiston Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan yo‘llagan tabrigida ma’lum qilindi.
Yevropalik siyosatchi o‘z tabrigida Yevroittifoq va O‘zbekiston o‘rtasida o‘rnatilgan mustahkam do‘stona aloqalarni e’tirof etadi va joriy yil aprel oyida Samarqandda «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» birinchi sammiti doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvni esga oladi.
«Siz bilan 2025-yil 24-oktyabr kuni Bryusselda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvni intiqlik bilan kutaman, u yerda Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimning imzolanishi munosabati bilan fikr almashishni davom ettirish imkoniga ega bo‘lamiz», – deydi Antoniu Koshta o‘z tabrik xatida.
Manba: president.uz
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter