Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga safari kutilyapti

Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga safari kutilyapti

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-19 aprel kunlari rasmiy tashrif bilan Tojikistonga borishni rejalashtirmoqda. Bu haqdagi ma’lumot «Asia-Plus» nashriga O‘zbekistonning Tojikistondagi elchixonasi tomonidan tasdiqlangan.

O‘z navbatida, Tojikiston TIV xabarida, joriy yilning 14 aprel kuni idora rahbarining O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv o‘tkazgani va unda tomonlar O‘zbekiston yetakchisining davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq masalalar ham ko‘rib chiqilgani aytiladi. 

Ta’kidlanishicha, tashrif chog‘ida ikki tomonlama hamkorlik va ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.

«Asia-Plus» nashrining elchixonaga tayanib yozishicha, tashrif doirasida 17-20 aprel kunlari Tojikistonda O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring