Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Rahmonovning jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Shavkat Rahmonovning jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

Qozog‘istonlik MMA jangchisi Shavkat Rahmonovning navbatdagi jangi tafsilotlari ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, Shavkat Rahmonov 16 dekabr kuni o‘tkaziladigan UFC 296 turnirida amerikalik Stiven Tompsonga qarshi oktagonga ko‘tariladi. 

«UFCdan taklif keldi va men rozi bo‘ldim. Rahmonov, kel yilni ajoyib tarzda yakunlaymiz. 16 dekabrni sabrsizlik bilan kutyapman», - deb yozdi Tompson ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.  

O‘z navbatida, Shavkat ham unga javob qaytargan.

Eslatib o‘tamiz, Rahmonov va Tompson UFC yarim o‘rta divizioni reytingida mos ravishda 6 hamda 7-o‘rinlarni egallab turibdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring